Bo‘lim 6
Kech bo‘lyabdi
-
❤️ JETPAKLAR (uchish moslamasi)
-
Hamma bilan tanishganim ajoyib bo‘ldi!
-
Root server menga .COM TLD serverini qayerdan topishni aytdi.
-
TLD serveri menga vakolatli nom serverlarning manzilini berdi.
-
Keyin, ns1.dnsimple.com menga dnsimple.com'ning IP manzilini berdi.
-
Nihoyat, yetib keldik, endi javobni bera olaman.
-
❤️ JETPAKLAR
❤️ JETPAKLAR
❤️ JETPAKLAR -
Resolver! Nihoyat! Bir necha millisekunddan beri kutyapman. Yo‘qolib qoldingiz deb o‘ylagandim!
-
Salom OT! Sayohatim haqida keyinroq aytib beraman.Mana sizga javob...
-
dnsimple.com'ning IP manzili:
-
Ajoyib! Bu ma’lumotni keshga saqlab qo‘yishim kerak, shunda keyingi safar dnsimple.com haqida sizdan qayta so‘ramayman.
-
Meni kimdir chaqirdimi?
-
Ha! Tezroq! 50.31.213.210 manziliga ulanib, sahifani so‘rang.
-
Vanihoyat! Siz yo‘lda ekanligingizda foydalanuvchini zeriktirmaslik uchun kulgili GIF ko‘rsatmoqchi bo‘lib turgandim.Ha mayli, keyingi safarga.
-
50.31.213.210 manziliga ulanyapman...
-
Salom! Iltimos, HTML faylingizni yuboring.
-
Albatta! Mana, yo‘lda!
-
Marhamat...
-
Kech bo‘lib qoldi.Oxirgi bitta videoni YouTube'dan ko‘raman.
-
YouTube? Uni qayerdan topishni bilaman!
-
Bizning sayohatimiz yakunlandi va bu hikoya ham o‘z nihoyasiga yetmoqda.
-
Umid qilamizki, bu sizga yoqdi!
-
Bizni Twitter'da toping. @dnsimple
-
O‘qiganingiz uchun rahmat!
-
Tamommi? Tugadimi? Yo‘q, bo‘lishi mumkin emas!
Hali qo‘shimcha bonus bo‘limimiz bor!
Bonus bo‘limini o‘qish