Bo‘lim 1
Noma‘lum sayt
-
TO‘XTA!
-
Kompyuterlar va boshqa qurilmalar internetda bir-birlarini tanish uchun IP manzillar yordamida muloqot qiladi.
-
Lekin odamlar IP manzillarni har doim ham eslab qola olmaydi, shuning uchun ular domen nomlaridan foydalanadilar.
-
Domen Nomlari Tizimi (DNS) bu ikkisini bir-biriga bog‘laydi va sizni kerakli manzilga yo‘naltiradi.
-
Mana DNS qanday ishlaydi
-
Shoshmang! Nima? Yangi soʻrovmi? Bu odam kun bo‘yi internetda kezishdan boshqa ish qilmaydiganga o‘xshaydi.
-
Operatsion tizimni yana bezovta qilishdan oldin, dnsimple.com keshimda bormikan, tekshirib ko‘raychi...Exx... hech narsa yo‘q
-
Hoy OT (Operatsion tizim)! Shu yerdamisiz? Tez yordamingiz kerak. dnsimple.com'ni qayerdan topishni bilasizmi?
-
TOO_BUSY_ERRMa’lumotlarni zaxiralash bilan bandman.
-
Iltimooos, tekshirib bering
-
Hozir tekshiryapman...
-
Yo‘q. Qayerdaligini bilmayman......Lekin kimdan so‘rashni bilaman...
-
RESOLVER
-
Brauzer va OT dnsimple.com'ning IP manzilini o‘z keshidan tekshiradi. Topa olmagach, OT Resolver'ni chaqiradi.